Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev kengaytirilgan videoselektor o‘tkazishi kutilmoqda

Shavkat Mirziyoyev kengaytirilgan videoselektor o‘tkazishi kutilmoqda

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kun tartibida davlat va jamiyatimiz hayotining barcha sohalari qamrab olingan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Unda Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022-yil – Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini tashkil etish masalalari muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, prezident kecha Markaziy Osiyo va Xitoy davlat rahbarlarining videoanjuman shaklidagi uchrashuvida ishtirok etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring