Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga rasmiy tashrifi boshlandi

Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga rasmiy tashrifi boshlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga 3-oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Budapeshtga keldi.

Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarining tashrifi munosabati bilan O‘zbekiston va Vengriya bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Mamlakatimiz yetakchisini Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Sammitning asosiy tadbirlari ertaga, 4-oktyabr kuniga mo‘ljallangan. Vengriya Prezidenti Katalina Novak bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. So‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Viktor Orban tor doirada va kengaytirilgan tarkibda uchrashuv o‘tkazadilar. Yakunda ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolanishi kutilmoqda.

Prezidentimizning tashrifi doirasida Vengriyaning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan ham uchrashish ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring