Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Sherdor» madrasasi Yaponiya o‘quv qo‘llanmasi muqovasida

«Sherdor» madrasasi Yaponiya o‘quv qo‘llanmasi muqovasida

Yaponiya umumta’lim maktablari o‘quvchilariga mo‘ljallangan «Jahon tarixi» fani o‘quv qo‘llanmasining muqovasi «Sherdor» madrasasi surati bilan bezatildi.

Mazkur o‘quv qo‘llanma Yaponiyaning yirik «Yamakawa Shuppansha Ltd.» noshirlik-uyi tomonidan chop etildi. Undan joriy yilning aprel oyidan boshlanadigan yangi o‘quv yilida tarix fanidan qo‘llanma sifatida foydalanilishi rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, kitob 9-12 sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, «Sherdor» madrasasi Samarqandning jahonga mashhur «Registon» maydonida joylashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring