Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ShHT: Toshkentdagi uchrashuv bo‘yicha yakuniy hujjatlar imzolandi

ShHT: Toshkentdagi uchrashuv bo‘yicha yakuniy hujjatlar imzolandi

Foto: RIA «Novosti»

Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar hukumat rahbarlarining uchrashuvi bo‘layotgani xabar berilgan edi. 

Ushbu yig‘ilish yakuniga ko‘ra qator xalqaro hujjatlar imzolangan. Bular quyidagicha:

- ShHT Kotibiyatining ShHTning ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi hisoboti to‘g‘risida;

- ShHTning 2018-yilgi budjeti ijrosi to‘g‘risidagi moliyaviy hisoboti to‘g‘risida;

- ShHTning 2020-yil uchun budjeti to‘g‘risida;

-ShHTga a’zo davlatlar tashqi auditorlari komissiyasining ShHTning doimiy faoliyat yurituvchi organlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati tashqi auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi hisoboti to‘g‘risida;

- ShHTning doimiy tuzilmalari faoliyatini tarjimonlik bilan ta’minlash to‘g‘risida;

- A’zo davlatlarning ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorligi dasturining yangi tahririni tasdiqlash to‘g‘risida;

- ShHTning oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha hamkorlik dasturini amalga oshirish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;

- ShHT davlatlari temir yo‘l ma’muriyatlari o‘rtasida temir yo‘l transporti sohasida o‘zaro hamkorlik qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida;

- ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida uzoq va qishloqlarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik konsepsiyasini va uni amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasini tayyorlash to‘g‘risida;

- ShHTning iqtisodiy tahlil markazlari konsorsiumi reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida;

- ShHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashining 18-chi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha qo‘shma kommyunike;

- ShHT davlatlari hukumatlari o‘rtasida transport tashuvlarini boshqarishning integratsion tizimini shakllantirish bo‘yicha bitim;

- ShHT davlatlari bojxona xizmatlari o‘rtasida milliy tranzit tizimlarining o‘zaro integratsiyasi to‘g‘risida memorandum;

- ShHT va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti o‘rtasida anglashuv memorandumi;

- ShHT Kotibiyati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring