Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokorlar kovidning yangi qurbonlari haqida ogohlantirishdi

Shifokorlar kovidning yangi qurbonlari haqida ogohlantirishdi

Foto: «Zen.yandex.ru»

Shifokorlar koronavirus infeksiyasidan ko‘proq qurbon bo‘layotgan odamlarning yangi toifasini aniqladilar. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Kasallik emlanishdan bosh tortgan 40 yoshdan oshgan bemorlarga zarar yetkazadi. Qayd etilishicha, ularning ba’zilari sog‘lom bo‘lib, infeksiya kechishini qiyinlashtiradigan hamroh kasalliklari bo‘lmagan.

Mutaxassislar vaksinani olganlar orasida o‘lim ko‘rsatkichini bir necha omillar bilan izohladilar. Odamlarning taxminan besh foizida preparatga qarshi immunitet hosil bo‘lmaydi. Yana shuncha odamlarda immun tizimini xavf ostida qoldiruvchi sog‘liq bilan bog‘liq muammolari tufayli vaksina unchalik kuchli ta’sir ko‘rsatmaydi. Ushbu guruhga transplantatsiya qilingan bemorlar kiradi. Ular organizmning infeksiyalarga qarshi kurashuvchi mexanizmlarini bostiradigan juda ko‘p miqdorda dori qabul qilishadi. Bundan tashqari, ushbu toifaga qon saratoniga chalingan odamlar ham kiradi, deydi ekspertlar.

Mutaxassislar, shuningdek, odamning yoshi koronavirus uchun xavfli omil bo‘lib qolishini eslatib qo‘ydilar. Garchi vaksinatsiya COVID-19 tufayli o‘lim xavfini sezilarli darajada kamaytirsa-da, 35 yoshli insonga qaraganda 70 yoshli keksa odam uchun xavf 32 baravar yuqori bo‘lib qolaveradi, deb xulosa qilishdi shifokorlar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring