Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifoxonaga o‘t qo‘ygan bemor vafot etdi

Shifoxonaga o‘t qo‘ygan bemor vafot etdi

Foto: «Vyksavkurse.ru»

Ispaniyaning Kadis shahrida koronavirusga chalingan bemor shifoxonaga o‘t qo‘ygani haqida xabar bergandik.

Shifoxonaga o‘t qo‘ygan COVID-19 bemori yurak xurujidan vafot etdi, deb yozadi «Mundo» gazetasi huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib.

Yong‘in 10-fevral kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Xabar berib o‘tganimizdek, bemorlardan biri koronavirusga chalinganlar davolanayotgan shifoxonaning oltinchi qavatida matrasni qasddan yoqib yuborgan. Yong‘in natijasida hech kim jabrlanmagan, ammo binoning ikkita qavatiga katta moddiy zarar yetkazilgan.

Yong‘in sodir etganlikda gumon qilingan shaxs hibsga olingan va tergovdagilar uchun maxsus xonalari bo‘lgan boshqa shifoxonaga ko‘chirilgan.

Mahalliy «Diario de Cadiz» gazetasining yozishicha, 63 yoshli o‘t qo‘yuvchi, shuningdek, jigar sirrozi va ensefalopatiyadan aziyat chekkan. Yakshanba kuni u yurak xurujidan vafot etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring