Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shuning uchun bo‘g‘iladi. Olimlar COVID-19 ning yangi asoratini aniqlashdi

Shuning uchun bo‘g‘iladi. Olimlar COVID-19 ning yangi asoratini aniqlashdi

Foto: «Rosbalt.ru»

Koronavirus infeksiyasi bemorning qon tomirlarida tromb paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin, deyiladi «MedicalXpress» nashrida chop etilgan tadqiqotda.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus qon quyuqlashishi va tromblarning hosil bo‘lishiga olib keladi va nafas funksiyasiga ta’sir o‘tkazadi. Bu esa o‘z navbatida koronavirus infeksiyasida kasallik alomatlaridan biri hisoblangan hid bilish qobiliyatining yo‘qolishiga sabab bo‘ladi.

Mutaxassislardan biri beshta bemor ana shunday quyqalar hosil bo‘lishi natijasida nafas muammosidan qiynalganini aytgan. Bemorlar qonida kislorod miqdori oshirildi, biroq bu samarasiz bo‘lib chiqdi.

COVID-19 dan qiynalayotgan bemorlarni qonni suyultiruvchi yoki trombni hosil qiluvchi preparatlar bilan muntazam davolashdan oldin qo‘shimcha tadqiqotlar olib borish kerak.

Koronavirus tufayli tromb kelib chiqish sabablari muhokama qilinmoqda. Bunda trombozni davolash COVID-19 dan qiynalayotgan bemorga yanada ko‘proq zarar yetkazib qo‘yishi mumkin. Tadqiqotlarga ko‘ra, tromblarni parchalovchi asosiy ferment — plazmin darajasi yuqori bo‘lgan odamlar COVID-19 infeksiyasining og‘irroq darajasiga moyil bo‘lishadi. Plazmin esa virusning odam hujayralari bilan oson birikishiga yordam beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring