Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryolik o‘quvchi otasining pullarini onlayn o‘yinga sarflab yubordi

Sirdaryolik o‘quvchi otasining pullarini onlayn o‘yinga sarflab yubordi

Sirdaryo tumanida yashovchi 8-sinf o‘quvchisi S.F. (2007-y.t.) onlayn o‘yin akkauntini sotib olaman deb otasining 1 mln so‘mga yaqin pulini ishlatib yubordi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi. 

Ota-onasining ichki ishlarga murojaatida bildirilishicha, ularning farzandi «PUBG» onlayn o‘yini akkauntini sotib olish uchun bank kartalaridan Telegram messenjerida tanishgan noma’lum shaxsga 1 million so‘mga yaqin pulni o‘tkazib bergan. Pulni qo‘lga kiritgan shaxs esa akkauntni bermagan va yozishmalarni o‘chirib tashlagan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgarlik yo‘li bilan pullarni o‘zlashtirgan shaxslar Andijon viloyatining Andijon shahrida yashovchi 2006-y.t. M.U. va E.H. bo‘lib chiqdi.

M.U. va E.H. shu yo‘sinda yana bir nechta firibgarlik jinoyatlarini amalga oshirganliklari ma’lum bo‘ldi: voyaga yetmaganlarga o‘yin akkauntini sotishni taklif qilib, o‘tkazib berilgan pullarni o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborishgan.

M.U. va E.H.ga nisbatan O‘zR. JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring