Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etgan 234 mansabdorga chora ko‘rildi

Soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etgan 234 mansabdorga chora ko‘rildi

Foto:«Xabar.uz»

O‘tgan yili 234 nafar mansabdor shaxsga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Bu haqda Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

«2020-yilda soliqqa oid turli huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun 188 ta yirik soliq to‘lovchi korxonaning 234 nafar mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

193 nafar (82  foiz) mansabdor shaxs tomonidan belgilangan o‘ttiz kunlik muddatda yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf etishga erishildi. Majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmagan 41 nafar (18 foiz) mansabdor shaxsga nisbatan esa jami 59,3 mln so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring