Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sovuq ob-havo sabab «Afrosiyob»ning qator reyslari bekor qilindi

Sovuq ob-havo sabab «Afrosiyob»ning qator reyslari bekor qilindi

O‘zbekistonda davom etayotgan anomal sovuq ob-havo tufayli, yo‘lovchi poyezdlar harakat havfsizligini ta’minlash va yo‘lovchilarni o‘z manzillariga yetkazish davomida noqulayliklar kelib chiqishini oldini olish  maqsadida«Afrosiyob»ning qator reyslari bekor qilindi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 766/765-sonli «Toshkent – Buxoro – Toshkent» yo‘nalishidagi  «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlari qatnovlari 2023-yilning  16,17,18,19,20-yanvar kunlari harakatlanishi kerak bo‘lgan 5 ta reysga bekor qilinadi.

Xarid qilingan chiptalarni temir yo‘l chiptaxonalarida, elektron tarzda xarid qilingan chiptalarni esa chipta.railway.uz saytida qaytarish mumkin. Chipta to‘liq qiymatda qaytariladi.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ rahbariyati yo‘lovchilardan mazkur  vaziyatni to‘g‘ri baholab, tushunishlarini va keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ramoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 13-yanvar kuni «Buxoro – Toshkent» yo‘nalishidagi 765-sonli «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdida sovuq ob-havo sabab nosozlik yuzaga kelgani xabar qilingan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring