Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Super-kontrakt bo‘yicha yangi tartiblar tasdiqlandi

Super-kontrakt bo‘yicha yangi tartiblar tasdiqlandi

Davlat qabul komissiyasi qarori bilan super-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha tartiblar belgilandi. Bu haqda huquqshunos-bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev ma’lum qildi.

Huquqshunosga ko‘ra, endilikda o‘zi tanlagan 1-yo‘nalishga kira olmagan, ammo qolgan 4 tasidan biriga qabul qilingan abituriyentlar 1-yo‘nalishda super kontraktda o‘qishlari mumkin.

«Eng katta yangilik, bu abituriyent o‘zi tanlagan 1-yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda o‘z xohishi bilan birinchi tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.

Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Ya’ni beshinchi yo‘nalishga o‘qishga kirgan abituriyent 2 yoki 4-yo‘nalishni tanlab super-kontrakt qila olmaydi, faqat 1-yo‘nalishga qilishi mumkin.

Shuningdek, tanlagan beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi», – deydi Xudoyberdiyev.

U, shuningdek, abituriyentlarning kontrakt.edu.uz saytiga kirib, bemalol ariza qoldirishlari mumkinligini ham eslatgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring