Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suriyadan qaytgan ayol taqdiri haqida film suratga olinadi

Suriyadan qaytgan ayol taqdiri haqida film suratga olinadi

«O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan Central Asian Trade Company (CATC) hamda «Dilshoh media» kinostudiyalari hamkorligida «Ayol qismati» badiiy filmi suratga olinadi.

Film O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil may oyidagi maxsus topshirig‘i asosida adashib Suriyaga ketgan vatandoshlarimizni yurtimizga qaytarish yuzasidan amalga oshirilgan maxsus operatsiya haqida. Unda xorijga ketgan Feruza ismli ayolning ayanchli taqdiri, vataniga qaytishdagi kechinmalari hikoya qilinadi.

Ssenariy mualliflari Dilmurod Masaidov hamda Sardor Hamroyev, postanovkachi rejissyor Dilmurod Masaidov, postanovkachi operator Husan Aliyev, rassom Husayn Eshniyozov, prodyuser Mahmud Erkaboyev, liboslar bo‘yicha rassom Sevara Zunnunova, kartina direktori Azizbek Azatbayev.

Hozirda filmni suratga olish uchun joylar tanlash va boshqa tayyorgarlik jarayonlari ketmoqda.

«O‘zbekkino» Milliy agentligi Axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring