Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkorning Malibu’sini «uxlatib» ketishdi

Tadbirkorning Malibu’sini «uxlatib» ketishdi

2017-yil fevral oyida Andijon tumanining Yorboshi mahallasida yashovchi 2 fuqaro bir tadbirkorni aldab, uning ishonchiga kirishgan.

Andijon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tergov bo‘limining ma’lum qilishicha, 2017-yil 6-fevral kungi lizing shartnomasiga asosan 36 oy muddatda to‘lash sharti bilan sotib olgan «Malibu» avtomashinasini 75 736 729 so‘mga xarid qilishgan.

Biroq ular avtoulov pulini to‘liq bermasdan boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini firibgarlik yo‘li bilan ko‘lga kiritganliklari ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring