Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Taniqli sharhlovchi Yuriy Rozanov vafot etdi

Taniqli sharhlovchi Yuriy Rozanov vafot etdi

Rossiyalik taniqli sharhlovchi Yuriy Rozanov 59 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning hamkasbi Mixail Mossakovskiy ma’lum qildi.

«Yura Rozanov vafot etdi. 15 daqiqadan so‘ng translyasiya. Qanday ishlashni bilmayapman», — deb yozdi Mossakovskiy o‘zining tvitterida.

Rozanov so‘nggi yillarda saraton kasalligi bilan kurashib kelayotgan edi. O‘tgan yili yozda sharhlovchi sog‘lig‘i yaxshi tomonga o‘zgarganini aytdi, ammo ko‘p o‘tmay, unda yana saraton alomatlari aniqlandi. Saraton kasalligiga qarshi kurash jarayonida Rozanov ko‘p bora kimyoviy terapiya kurslaridan o‘tgan.

«Men yoki o‘laman, yoki ishlayman», degandi u o‘sha vaqtdagi intervyusida.

Rozanov uzoq yillar televideniye va radioda ishlagan. 2012-yilda u Rossiyaning eng yaxshi sport sharhlovchisi sifatida TEFI mukofotiga sazovor bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring