Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tanzila Norboyeva Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi

Tanzila Norboyeva Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli mamlakatlar Parlament assambleyasining (TurkPA) XI yalpi majlisida ishtirok etgan.

Kecha, 24 iyun kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov TurkPA majlisida ishtirok etayotgan parlament delegatsiyalari rahbarlari bilan uchrashgan.

Prezident S.Japarov O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali aloqalar jadal rivojlanib borayotganini, Prezident Sh.M.Mirziyoyevning sa’y-harakatlari va siyosiy irodasi tufayli o‘zaro aloqalar strategik hamkorlik xususiyatiga ega bo‘lganini aytgan.

Davlat rahbari bilan uchrashuvda Qirg‘iziston Jogorku Keneshi Torag‘asi Talant Mamitov, Ozarbayjon Miliy Majlisi Raisi Sagiba Gafarova, Turkiya Buyuk millat majlisi Raisi Mustafo Shentop, Vengriya parlamenti raisi o‘rinbosari Shandor Lejak va Turkmaniston Milliy Gengeshi Xalq maslahati raisi o‘rinbosari Qosimguli Babayev ham qatnashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring