Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tarixdagi eng katta mariuxana partiyasi qo‘lga olindi

Tarixdagi eng katta mariuxana partiyasi qo‘lga olindi

Ispaniya fuqarolik gvardiyasi o‘zining rasmiy veb-saytida tarixdagi eng katta qadoqlangan marixuana partiyasi – naq 32 tonna narkotik moddalarning musodara qilingani haqida ma’lum qildi.

«Milliy gvardiya hozirgacha topilgan eng katta qadoqlangan marixuanani qo‘lga oldi», — deyiladi xabarda.

Huquq-tartibot idoralari xodimlarining qo‘shimcha qilishicha, kamida 64 million yevro qiymatidagi 32 370 kilogramm marixuana kurtaklari musodara qilingan, bu nafaqat davlatda, balki xalqaro miqyosda ham ushbu moddaning eng yirik musodarasidir.

Bayonotda aniqlik kiritilishicha, operatsiya uch bosqichda o‘tkazilgan, natijada 20 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lgan 20 kishi qo‘lga olingan.

Giyohvand moddalar Ispaniya, Shveysariya, Niderlandiya, Germaniya va Belgiyaning ba’zi qismlariga jo‘natish uchun tayyorlangani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring