Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tariximiz haqida ishlangan yana bir film premerasi qachon bo‘lishi ma’lum qilindi (foto)

Tariximiz haqida ishlangan yana bir film premerasi qachon bo‘lishi ma’lum qilindi (foto)

1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan yurtimiz kinoteatrlarida «O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan «Kinomaniya» studiyasi tomonidan suratga olingan «Ibrat» badiiy filmining premerasi bo‘lib o‘tadi. Film shoir, tarjimon, tarixchi va tilshunos olim, jadid Is’hoqxon Ibrat haqida bo‘lib, unda olimning mashaqqatga boy hayot yo‘li tasvirlangan.

Film qahramoni o‘ndan ortiq Sharq va G‘arb davlatlarida bo‘lib, ularning tili va madaniyatini mukammal o‘rgangan. Faoliyati davomida Turkistonda dastlabki tovush metodiga asoslangan jadid maktablarining tashkilotchisi va targ‘ibotchisi sifatida katta e’tibor qozondi. U noshir-matbaachi sifatida birinchilardan bo‘lib «Matbaai Is’hoqiya»ni tashkil qiladi va kitob nashrini yo‘lga qo‘yadi.

Shuningdek, Is’hoqxon Ibrat arab, fors, rus, hind, urdu, ingliz, fransuz tillarini yaxshi bilgan, shu bilan birga, eng qadimiy finikiya, yahudiy, suriya, yunon yozuvlarini chuqur o‘rgangan. Filmda Is’hoqxon Ibratning mashaqqatga boy hayot yo‘li tasvirlangan.

Film rejissyori: Jahongir Qosimov
Ssenariy mualliflari: Nurillo Abbosxon va Abduqayum Yo‘ldoshev
Postanovkachi operator: Rustam Murodov
Postanovkachi rassom: Doniyor Abdurahmonov,
Kompozitor: Dmitriy Yanov-Yanovskiy

Rollarda: Farhod Mahmudov, Saidkomil Umarov, Karim Mirhodiyev, Akbarxo‘ja Rasulov, Shahzoda Matchonova, Zulxumor Mo‘minova va boshqalar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring