Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TATU: Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

TATU: Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2020/2021 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida «Call-markaz» xonalari tashkil etildi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fuqarolar:

  • 71 238-64-97
  • 71 238-64-85
  • 71 238-64-34
  • 71 238-65-17
  • 71 238-65-64 telefon raqamlari orqali «Call-markaz» bilan bog‘lanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

«Call-markaz» dushanbadan shanbagacha soat 08:30dan 18:00ga qadar faoliyat ko‘rsatadi.

Ko‘proq ma’lumotni ushbu havola orqali rasmiy saytdan bilib olishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring