Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tayvan vakili Xitoy borasida keskin bayonot berdi

Tayvan vakili Xitoy borasida keskin bayonot berdi

Tayvan ma’muriyatining Fransiyadagi vakili Fransua Vu Tayvan, Yaponiya, AQSh va boshqa davlatlar Xitoyning ehtimoliy tajovuzkor harakatlariga tayyorlanayotganini aytdi.

Bu haqda Vuning bayonotiga asoslanib, Bloomberg xabar bermoqda.

«Menimcha, Tayvan, Yaponiya, AQSh va boshqa davlatlar Xitoyning ehtimoliy tajovuzkor harakatlariga tayyorlanmoqda» dedi Vu.

Shuningdek, u XXR dunyo tartibini o‘zgartirishga intilayotganini va «elchi bilan bog‘liq vaziyat ularning fikrlash tarzini isbotlashini» ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning Fransiyadagi elchisi Sobiq Ittifoq davlatlari suverenetini shubha ostiga olib, bayonot bergandi. Ushbu bayonot keskin noroziliklarga sabab bo‘ldi. 

Shuningdek, mart oyida XXR rahbari Si Szinpin Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi harbiylarini haqiqiy jangovar harakatlarga tayyorlanishga chaqirgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring