Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Temir daftar»ga kiritilganlardan pul ta’ma qilgan bosh hisobchi ushlandi

«Temir daftar»ga kiritilganlardan pul ta’ma qilgan bosh hisobchi ushlandi

Bugungi kunda mamlakatimizda kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlatimiz rahbari tashabbusi bilan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligiga qaramasdan, afsuski, bu borada o‘z nafsini ustun qo‘yuvchilar ham uchrab turibdi.

Xususan, Qarshi tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi bosh hisobchisi «temir daftar»ga kiritilgan uch nafar fuqaroga 6 mln 690 ming so‘mdan, jami 20 mln 70 ming so‘m miqdorida subsidiya mablag‘lari olishlarida yordam berishini aytib, evaziga 600 AQSh dollari olgan vaqtida DXX va Departament xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalar bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring