Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tennis: Bratislavada muvaffaqiyatga erishgan Nigina Abduraimova Valensiyada bahslarga kirishmoqda

Tennis: Bratislavada muvaffaqiyatga erishgan Nigina Abduraimova Valensiyada bahslarga kirishmoqda

Mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova Slovakiyaning Bratislava shahrida 14-20 noyabr kunlari o‘tkazilgan tennis bo‘yicha ITF W60 musobaqasida munosib ishtirok etdi va vitse-chempionlikka erishdi.

Aytish lozim, mukofot jamg‘armasi 60 ming dollardan iborat mazkur turnirda 50 ga yaqin mamlakatning 491 nafar raketka ustalari ishtirok etdi. Turnirning saralash bahslarida Ukraina, Slovakiya, Vengriya, Chexiya kabi mamlakat vakillarini mag‘lub etgan Abduraimova bosh sovrin uchun kurashda xorvatiyalik Ana Konyuxga ro‘baro‘ keldi.

Shiddatli va murakkab kechgan final bahsida 6/2, 0/6, 6/7(2) hisobi qayd etildi va hamyurtimiz Nigina Abduraimova turnir vitse-chempioniga aylandi.

Endi u Ispaniyaning Valensiya shahrida o‘tkaziladigan mukofot jamg‘armasi 80 ming AQSh dollaridan iborat bo‘lgan turnirda vatanimiz sharafini himoya qiladi.

Jahonning eng nufuzli tennis musobaqalarida qatnashib kelayotgan Nigina Abduraimova bugungi kunda Xalqaro ayollar tennisi WTA reytingida 162-o‘rinda bormoqda.

Bugun, 21 noyabr kuni Nigina Abduraimova ayollar o‘rtasida o‘tkaziladigan nufuzli musobaqada qatnashish uchun Ispaniyaning Valensiya shahriga yetib bordi.

Dunyoning 375 nafar raketka ustalari qatnashayotgan mazkur musobaqada Nigina Abduraimova bilan birgalikda yana bir tennischi qizimiz Sevinch Yuldosheva ham ishtirok etadi.

Ispaniyaning Valensiya shahrida boshlanayotgan ushbu turnir 27 noyabrga qadar davom etadi.

Mamlakatimiz tennisini rivojlantirishda O‘zbekiston Tennis federatsiyasi «O‘zmilliybank» AJ tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani muhim ahamiyat kasb etadi. Tennischilarimizning turli xalqaro turnirlarda erishayotgan yutuqlari ana shunday hamkorlik samarasidir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring