Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tesla» millioninchi elektromobilini chiqardi

«Tesla» millioninchi elektromobilini chiqardi

Foto: «Twitter»

Amerikalik tadbirkor, «Tesla» avtokompaniyasi rahbari Elon Mask konveyerdan millioninchi elektromobil chiqqanini ma’lum qildi.

«Tesla» jamoasini 1 000 000-mashina chiqqani bilan tabriklaymiz!», — deb yozdi Mask o‘z tvitterida.

Xabarga ilova qilingan ikkita suratda «Tesla» jamoasi va millioninchi mashina — qizil rangli «Tesla Model Y» aksini topgan.

Kompaniya elektromobil ishlab chiqaruvchilar orasida birinchi bo‘lib millionlik dovonni bosib o‘tdi.

«Tesla» elektromobillari AQSh va Xitoyda ishlab chiqarilmoqda. Yaqinda Germaniyadagi zavodini qurish boshlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring