Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TIV Moskvada o‘zbekistonliklar ishtirokidagi janjal bo‘yicha izoh berdi

TIV Moskvada o‘zbekistonliklar ishtirokidagi janjal bo‘yicha izoh berdi

Skrinshot

Mamlakatimizning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi 2019-yil 24-noyabr kuni Moskva shahrida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi.

Mazkur hodisa natijasida 15 ta odam, jumladan 10 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra jarohatlanganlar mavjud emas, nizo futbol musobaqasida qoidalar buzilishi natijasida kelib chiqqan.

Ayni paytda dastlabki tergov amalga oshirilmoqda. Elchixonaning Konsullik bo‘limi vaziyatni nazoratga oldi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Moskvada o‘zbekistonliklar va qirg‘izistonliklar  janjallashgani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring