Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikiston bosh vaziri Toshkentga keldi

Tojikiston bosh vaziri Toshkentga keldi

Foto: O‘zA

Toshkentda 14-15 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan Tojikiston Respublikasi bosh vaziri Qohir Rasulzoda boshchiligidagi delegatsiya bugun, 14 may kuni mamlakatimizga keldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Tashrif dasturidan Toshkent shahridagi bir qator sanoat ob’yektlari faoliyati bilan yaqindan tanishish o‘rin olgan.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring