Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tokayev Rossiyani chetlab o‘tib, neft yetkazib berish hajmini oshirishga ko‘rsatma berdi

Tokayev Rossiyani chetlab o‘tib, neft yetkazib berish hajmini oshirishga ko‘rsatma berdi

7-noyabr kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Kaspiy dengizidagi Aktau va Kurik portlari orqali neft tashish hajmini yiliga 20 million tonnagacha oshirishni buyurdi.

Prezident jahon bozorlaridagi mavjud vaziyatni hisobga olgan holda Transkaspiy yo‘nalishini yanada rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etishiga e’tibor qaratdi. Tokayev Ostona bu borada hamkor davlatlar bilan kelishuvga erishganini ta’kidladi.

«O‘tkazuvchanlikni oshirish uchun Aktau va Kurik portlarining barcha mavjud quvvatlarini ishga tushirishimiz kerak», – deydi Tokayev.

Kaspiy dengizi orqali yetkazib berish Qozog‘istonga o‘z neftini Rossiyani chetlab o‘tib, Qora dengiz portlari va Turkiyaga yetkazib berish imkonini beradi.

Qozog‘istondan Novorossiysk portiga neftni olib o‘tuvchi Kaspiy quvuri konsorsiumi (CPC) orqali xomashyo yetkazib berishda qator uzilishlar yoki cheklovlar yuzaga kelgandan so‘ng Ostona Kaspiy yo‘nalishiga e’tibor qaratdi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 17-iyun kuni Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida To‘qayev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning oldida Qozog‘iston Ukraina sharqida o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan, Rossiya qo‘llovidagi respublikalarni hech qachon tan olmasligini aytgan edi. Shundan so‘ng Rossiya Kaspiy quvurlari konsorsiumi faoliyatini 30 kunga to‘xtatib qo‘ygan edi.

Qozog‘iston sentyabr oyidan boshlab xom neftining bir qismini Rossiyani chetlab o‘tib Ozarbayjonning eng yirik neft quvuri orqali yetkazib berishni rejalashtirayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring