Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tokio aholisi yana bir millionlik marradan o‘tdi

Tokio aholisi yana bir millionlik marradan o‘tdi

Foto: «Amusingplanet.com»

Tokio aholisi 14 million kishidan oshdi, deya xabar berdi «Nikkey» gazetasi.

Nashrning yozishicha, ko‘p miqdordagi universitet va kompaniyalar, shuningdek, boshqa hududlarga qaraganda ish haqining yuqoriligi yoshlarni Tokioga jalb etadi. Koronavirus epidemiyasi ham bu tamoyilga xalaqit qilolmadi.

Joriy yil 1-aprel kuni Yaponiya poytaxti aholisi 13,98 million kishini tashkil etgandi. 1962-yildagi jadal iqtisodiy o‘sish davrida Tokio aholisi 10 million kishiga yetgandi. To‘rt yildan so‘ng poytaxtda 11 million kishi istiqomat qila boshladi. Ammo keyingi millionlik marra oradan 30 yil o‘tib 2000-yilda zabt etilgandi.

Gazetaning ta’kidlashicha, aynan katta-katta shaharlarda koronavirus infeksiyasining jadal tarqalishi va masofadan turib ishlashning faol joriy etilishi sababli megapolislardan tashqarida yashashga qiziqish ortmoqda. Bu kelgusida yirik shaharlardagi aholi soniga ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring