Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tolibon» Termizga raketa otganlar qo‘lga olinganini e’lon qildi

«Tolibon» Termizga raketa otganlar qo‘lga olinganini e’lon qildi

Afg‘onistondan O‘zbekistonga raketa hujumlarini uyushtirgan guruh qo‘lga olingan. 

Bu haqda Afg‘onistonning rasmiy vakili Zabihulloh Mujohid Twitter sahifasida ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, jinoiy guruhning 3 nafar a’zosi o‘ldirilgan, 5 nafari hibsga olingan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 5-iyul kuni Termiz shahriga Afg‘oniston hududidan snaryadlar kelib tushgandi. Zabihulloh Mujohid hodisa yuzasidan bayonot berib aybdorlar qidirilayotganini aytgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring