Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tomas Myullerning o‘g‘irlangan quvonchi

Tomas Myullerning o‘g‘irlangan quvonchi

Foto: «Sport-Ekspress

Kecha Myunxenning «Bavariya»si  YeChL 2-turi doirasida «Barselona»ni qabul qilib 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Katalonlar navbatdagi marotaba tor-mor etildi. Biroq myunxenliklar futbolchisi Tomas Myullerning quvonchi uzoq cho‘zilmadi.

Gap shundaki, u «Barselona»ga qarshi maydonda to‘p surayotgan bir paytda uyiga o‘g‘ri tushgan. Bild nashri yozishicha, noma’lum shaxslar Myullerning uyidan naqd pul va qimmatbaho buyumlarni olib chiqib ketishgan. O‘g‘irlangan narsalarning jami qiymati olti xonali raqamga tengligi aytilmoqda.

Hodisa yuzasidan Germaniya politsiyasi tergov boshladi. Biroq o‘g‘rilar iz qoldirmagan.

Tomas Myuller uchun og‘riqli tomoni — tug‘ilgan kuni edi, 33 yosh, sentyabrning 13-sanasi...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring