Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

To‘qayevning mashhur bayonotidan so‘ng Rossiya Qozog‘iston neftini cheklashga qaror qildi — OAV

To‘qayevning mashhur bayonotidan so‘ng Rossiya Qozog‘iston neftini cheklashga qaror qildi — OAV

Foto: Ulysmedia.kz

Rossiya ommaviy axborot vositalari yozishicha, Qosim-Jo‘mart To‘qayevning Peterburg forumidagi keskin bayonotlaridan so‘ng Rossiya Qozog‘iston nefti eksportini cheklashni boshlagan. Bu haqda Ulysmedia.kz xabar berdi.

Qora dengiz bo‘yidagi Novorossiysk (Rossiya) porti ishi to‘xtatilgan. Qozog‘iston o‘z neftini shu port orqali Yevropaga eksport qilardi. Qozog‘iston G‘arbdagi xaridorlar Rossiyaning sanksiyaga tushgan Urals nefti bilan adashtirmasligi uchun o‘z nefti nomini o‘zgartirgandi.

Manbalarga ko‘ra, yopilishga sabab — port akvatoriyasida topilgan ob’yektlar, ular Ikkinchi jahon urushidan qolgan minalar bo‘lishi mumkin ekan. Shularni o‘rganish uchun port yopilgan, deyilmoqda. 80 yil burungi minalar endi «yuzaga qalqigani» tasodifmi?..

Rus matbuoti voqeani aynan Sankt-Peterburgdagi forumda To‘qayev Kreml uchun kutilmagan bayonotlar bergani bilan bog‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston prezidenti uning mamlakati DXR va LXRni tan olmasligini aytgandi. Kamiga RF davlat dumasi deputatlari va rossiyalik targ‘ibotchilarni mamlakatlar o‘rtasida adovat uyg‘otish bilan shug‘ullanishda ayblagandi.

Rus OAV yozishicha, Rossiyaning MDH ishlari bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Konstatin Zatulinga To‘qayevning bayonoti beadablik tuyulgan va «xuddi Ukraina singari» choralar bilan po‘pisa qilgan.

Qozog‘iston esa, UNN yozishicha, o‘z hududi orqali Rossiya ko‘miri tranzitini yopdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring