Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent yerusti metrosi estakadasi ostida avtoturargohlar tashkil etiladi

Toshkent yerusti metrosi estakadasi ostida avtoturargohlar tashkil etiladi

Toshkent shahar Yashnobod tumanidan o‘tuvchi yer usti metro yo‘nalishi estakadasi ostidagi (umumiy yer maydoni 2,9 gektar) hududda 1200 o‘rinli beshta avtoturargoh hamda Sergeli tumanidan o‘tuvchi yer usti metro yo‘nalishi (umumiy yer maydoni 3,37 gektar) hududida 1500 o‘rinli yettita avtoturargoh, jami bo‘lib 2700 o‘rinli avtoturargoh tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Bu haqda «Toshkent metropoliteni» DUK harakat xizmati rahbari Sulton Qodirov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirilishi natijasida umumiy hisobda 1700 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratiladi.

Shuningdek, shaharsozlik faoliyatini texnik jihatdan tartibga soluvchi normativ hujjat talablari asosida tizim hududida yo‘lovchilarga qulay xizmat ko‘rsatish ya’ni, savdo faoliyatini tiklash rejalashtirilmoqda.

«Ushbu vazifani ijrosini ta’minlash maqsadida, hozirgi kunda Toshkent metropoliteni «Novza» metro bekatining hududi hisoblangan piyodalar o‘tish yo‘lagida sinov va etalon sifatida savdo shahobchalarini qurish ishlari amalga oshirilmoqda», – deydi Sulton Qodirov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezidentning tegishli qarorlariga asosan metropoliten yo‘lovchilariga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun 2023-yil davomida metro vagonlarini parkini yangilash maqsadida, metro yo‘nalishlariga beshinchi vagon sifatida 10 ta harakat tarkiblariga qo‘shimcha vagon qo‘shilishi, shuningdek, 14 ta to‘rt vagonli zamonaviy turdagi yangi harakat tarkiblari foydalanishga topshirilishi aytilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring