Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi ilk jahon chempionatida mukofot jamg‘armasi rekord darajada bo‘ladi

Toshkentdagi ilk jahon chempionatida mukofot jamg‘armasi rekord darajada bo‘ladi

Toshkent boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Bu haqda 7 noyabr, dushanba kuni Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Tadbirda tashkilot rahbari 2023 yilgi jahon chempionati 1-14 may kunlari Toshkentda o‘tkazilishini tasdiqladi.

«Ishonamanki, boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati yuqori darajada o‘tkaziladi va tarixdagi eng zo‘rlaridan biri bo‘ladi. Men O‘zbekistonda bo‘lganman va u yerda musobaqalar qanday tashkil etilishini ko‘rganman. U yerdagi professionalizim va boksga bo‘lgan mehr ko‘p mamlakatlar uchun namuna bo‘ladi. Toshkentda yangi chempionlarni ko‘rishni sabrsizlik bilan kutmoqdaman.

Tarixda ilk bora bizda rekord miqdordagi mukofot jamg‘armasi bo‘ladi – 5,2 million AQSh dollari. Birinchi o‘rin uchun 200 ming AQSh dollari, ikkinchi o‘ringa 100 000 AQSh dollari, bronza medali sohiblariga esa 50 ming dollardan beriladi», – dedi IBA prezidenti Umar Kremlyov.

«Bu tasodifan bo‘lib qolgani yo‘q, O‘zbekistonda uzoq yillardan beri saqlanib kelinayotgan boy boks an’analari bunga sababdir. O‘zbekiston boks oilasi nomidan shuni aytishim mumkinki, mamlakatimiz boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatini yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha ishni qiladi», – deydi O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring