Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahri hokimligi maktablarda o‘qish borasida «tilga kirdi»

Toshkent shahri hokimligi maktablarda o‘qish borasida «tilga kirdi»

Foto: «Xabar.uz»

11 yanvardan boshlab Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarida ularning sharoiti, ishlashga tayyorligiga qarab,  bosqichma-bosqich o‘quv  jarayonlari boshlanadi, deyiladi poytaxt hokimligi axborotida. 

Qayd etilishicha, bu boradagi qaror maktablar rahbariyati tomonidan ota-onalar kengashi bilan kelishgan holda qabul qilinishi tavsiya etiladi.

Hokimlik tomonidan kommunal xizmat tizimlari mas’ullari bilan birgalikda bu sohada yuzaga kelgan muammolarni tezkorlik bilan hal etish choralari ko‘rilishi aytiladi.

«Hokimlik axborotida tayinli gap yo‘q. Javob o‘rniga savol ko‘paydi...

Demak, Toshkent shahridagi qaysidir maktabni ochish uchun avval direktor ota-onalarni chaqiradi, keyin sharoitga qarab maktabni ochish-ochmaslikni muhokama qiladi va shundan keyingina qaror qabul qilishadi.

Lekin Mirzo Ulug‘bek va Mirobod tumani hokimliklari allaqachon ertaga, 11 yanvardan dars boshlanishini e’lon qilib bo‘ldiku. Ular qachon ota-onalar kengashini yig‘ishga ulgurdi ekan? Kechqurun 11 dami? Yoki ko‘zbo‘yamachilikka bo‘ldimi hammasi? Xo‘p, maktabni ochishni kim hal qiladi o‘zi: hokimlarmi yoki ota-onalar kengashimi?

Xullas, «bardak». Boshi yo‘q, oxiri yo‘q, mas’ullarning o‘zi ham nima qilayotganini, nima deyayotganini bilmayapti», deya ushbu axborotga munosabat bildirdi bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Avvalroq bir nechta viloyatlarda o‘qish boshlanishi vaqti e’lon qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring