Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Butun o‘zbekistonliklarni bo‘ralatib so‘kkan IIB xodimi yuzasidan bayonot berildi

Butun o‘zbekistonliklarni bo‘ralatib so‘kkan IIB xodimi yuzasidan bayonot berildi

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda Oqqo‘rg‘on tumani IIB xodimiga tegishli deb izohlangan audio yozuv tarqalib jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur holat IIBB tomonidan o‘rganildi, ma’lum bo‘lishicha audio yozuv tegishli ekani aytilayotgan fuqaro, 1992-yilda tug‘ilgan A.Sulaymonov, 2022-yilda Oqqo‘rg‘on tumani IIB Profilaktika inspektori lavozimiga qabul qilingan, deya ma’lum qilgan Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati rahbari Bobur To‘laganov.

Yosh xodim ko‘p o‘tmay xizmat faoliyati davomida o‘zini salbiy tomondan ko‘rsatganligi va noo‘rin xatti-harakatlari sababli joriy yil 30-avgust kuni ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan.

Hozirda xabarda ko‘rsatilgan audio yozuv aslida kimga tegishli ekanini aniqlashga qaratilgan ekspertiza va surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda.

Shu o‘rinda holat Prokuratura tomonidan nazoratga olingan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring