Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyatida itlarni shafqatsizlarcha so‘ygan fuqaro qamaldi

Toshkent viloyatida itlarni shafqatsizlarcha so‘ygan fuqaro qamaldi

Foto: Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati.

Avvalroq Toshkent viloyatidagi uylarning birida itlar shafqatsizlarcha so‘yilib, terisi shilib olingani xabar berilgandi. 

Joriy yilning 11-mart kuni Yuqori Chirchiq tumanida o‘tkazilgan sud majlisida 1986-yilda tug‘ilgan fuqaro B.X. ushbu ish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 111-moddasi 2 qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Bu haqda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati xabar berdi. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu harakat ma’muriy jazodan keyin jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi (Jinoyat kodeksi 202(1)-moddasi).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring