Toshkent viloyatida «qizil» hududlar soni ko‘paydi
Toshkent viloyatida koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda toifalashtirilgan tuman(shahar)lar ro‘yxati yangilandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
26-may 2020-yil holatiga ko‘ra:
«Qizil» hududlar – Bekobod, Yangiyo‘l, Nurafshon shaharlari, Qibray, Oqqo‘rg‘on, Zangiota, Parkent, Toshkent, Yuqori Chirchiq, Yangiyo‘l tumanlari.
«Sariq» hududlar – Angren, Chirchiq shaharlari, Bekobod, Quyi Chirchiq, Chinoz, O‘rta Chirchiq tumanlari.
«Yashil» hududlar – Olmaliq, Ohangaron shaharlari, Ohangaron, Bo‘ka, Bo‘stonliq, Piskent tumanlari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter