Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent xalqaro aeroportida yong‘in: ayrim reyslar kechiktirildi

Toshkent xalqaro aeroportida yong‘in: ayrim reyslar kechiktirildi

Foto: Uzbekistan Airports.

Bugun Toshkent xalqaro aeroportidagi uchib ketish terminalida tutun paydo bo‘ldi. Yo‘lovchilar va xodimlar zudlik bilan evakuatsiya qilindi. Hodisa joyiga qutqaruv xizmati yetib kelishgan. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga birinchi qavat tagidagi transformator podstansiyasida joylashgan uzluksiz elektr ta’minotining (UPS) qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan.

Qisqa tutashuv oqibatlarini bartaraf etish hamda voqea joyida ishlayotgan xizmatlar xodimlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida aeroport terminalini ma’lum muddatga elektr energiyasidan uzib qo‘yishga qaror qilindi.

Ayni damda Olmaota, Nur-Sulton va Moskvaga uchayotgan reyslar kechiktirildi. Aeroport xizmatlari havo bandargohini imkon qadar tezroq ochish uchun bor kuchini sarflamoqda. Xozirgi vaqtga kelib, terminalning katta qismida elektr energiyasi tiklangan.

Aeroportning uchib kelish zali va mahalliy aviaqatnovlar terminali odatdagi rejimda faoliyat olib bormoqda.

Avvalroq, Termizga uchayotgan samolyot chang bo‘roni sabab Buxoroga yo‘naltirilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring