Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 80 yoshli otaxon koronavirusdan tuzaldi

Toshkentda 80 yoshli otaxon koronavirusdan tuzaldi

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida bir yo‘la 66 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Tuzalganlarning 40 nafari erkak, 26 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 80 yoshli otaxon bo‘lsa, yoshi kichigi 2019 yil tug‘ilgan.

Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent shahridan 19 nafar, Andijon viloyatidan 9 nafar, Namangan viloyatidan 7 nafar, Toshkent viloyatidan 6 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand va Xorazm viloyatlaridan 5 nafardan, Farg‘ona viloyatidan 4 nafar, Buxoro viloyatidan 2 nafar, Sirdaryo, Qashqadar, Jizzax va Surxondaryo viloyatlaridan 1 nafardan.

Shunday qilib Toshkent shahrida sog‘ayganlar 1469 nafar bo‘lsa, endilikda ular 1535 nafarga yetib, davolanayotganlar 846 nafarni tashkil etmoqda.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar 3423 nafarga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring