Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtomoyka sotib olish ilinjidagi fuqaro 30 ming dollarga «tushdi»

Avtomoyka sotib olish ilinjidagi fuqaro 30 ming dollarga «tushdi»

Joriy yilning 29-avgust kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahar IIBga hujjatlar kelib tushgan.

Unga ko‘ra, shu yil 19-iyul kuni 36 yoshli A.Q. tanishi Toshkent shahar Mirobod tumanida yashovchi 46 yoshli X.Sh. ismli ayolga avtomashinalar yuvish shahobchasini, bino va inshootlarini sotaman deb, undan 30000 AQSh dollarini olib, bergan va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.Q. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring