Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda mudhish jinoyat: erkak to‘rt oila a’zosini pichoqladi

Toshkentda mudhish jinoyat: erkak to‘rt oila a’zosini pichoqladi

Toshkentda erkak mudhish jinoyatga qo‘l urdi.

21-iyul kuni  fuqaro 1989-yilda tug‘ilgan D.S. Chilonzor tumanida joylashgan xonadonda yashab kelayotgan turmush o‘rtog‘i 1994-yilda tug‘ilgan D.Saitova bilan oilaviy nizo sababli o‘zaro janjallashgan.

So‘ngra oshxona pichog‘i bilan uni va farzandi 2005-yilda tug‘ilgan M.A, ushbu xonadonda yashab kelayotgan D.Saidovaning onasi L.A. hamda singlisi N.A.ning turli sohalariga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirishga suiqasd qilgan.

Joriy yilning 21 iyul kuni tuman prokuraturasi tomonidan D.S.ga nisbatan JKning 25 (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) va 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring