Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda «Nexia» ikkiga bo‘linib ketdi. Qurbon bor

Toshkentda «Nexia» ikkiga bo‘linib ketdi. Qurbon bor

Bugun, 11 may kuni soat 07:30 larda Yangihayot tumani Toshkent aylanma yo‘lida ayanchli YTH sodir bo‘ldi.

Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, 2000 yilda tug‘ilgan  A.A. «Nexia 2» rusumli avtomashinasida boshqaruvni yo‘qotib, beton sim yog‘ochga urilishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Natijada avtomashina haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring