Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ona-bolani mashina urib yubordi. Besh yoshli bola shifoxonada vafot etdi

Toshkentda ona-bolani mashina urib yubordi. Besh yoshli bola shifoxonada vafot etdi

2022 yilning 30 iyul kuni taxminan soat 15:30 larda, haydovchi 2001 yilda tug‘ilgan A.Sh. o‘zining boshqaruvidagi davlat raqami 70 L 839 FA bo‘lgan MATIZ rusumli avtoulovda YTH sodir etdi.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, u Olmazor tumani Farobiy ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotganda yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketgan va 14-sonli oilaviy poliklinika qarshisida yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda — 1988 yilda tug‘ilgan T.N. va 2017 yilda tug‘ilgan X.M.ni urib yuborgan.

Natijasida piyoda T.N. va X.M.lar Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi shifoxonasiga yotqazilgan, biroq shifokorlarning urinishlariga qaramay, voyaga yetmagan X.M. shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. A.Sh.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi tanlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq Bektemir tumanida ham MATIZ rusumli avtoulov ishtirokida ayanchli hodisa sodir bo‘lgani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring