Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Temir daftar» bo‘yicha 25 mlrd so‘m moddiy yordam tarqatildi

Toshkentda «Temir daftar» bo‘yicha 25 mlrd so‘m moddiy yordam tarqatildi

Foto: «Xs.uz»

«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2020-yil 29-iyul kuni chiqargan farmoyishiga asosan, hududlarni kompleks ijtimoiy, iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar rahbarlariga ikki kun muddat ichida mazkur farmoyishning ilovasiga muvofiq ajratilgan mablag‘lar hisobidan O‘zbekiston «Saxovat va ko‘mak» fondi orqali hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordamni tarqatishni ta’minlash vazifasi yuklatilgandi», — deydi Toshkent shahar hokimi matbuot kotibi Furqat Mahmudxo‘jayev.

Ta’kidlanishicha, Toshkent shahriga 25 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan. Ushbu mablag‘ 30 va 31-iyul kunlari ro‘yxatga kiritilgan moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarga tarqatildi.

Toshkent shahrida «Temir daftar»ga 20 841 ta oila kiritilgan.

Ba’zi fuqarolar moddiy yordam o‘zini qiynalib qolgan deb hisoblagan barcha odamlarga tarqatiladi, degan xayollarga borishgan. Aslida, Toshkent shahar hokimi matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalar maxsus «Temir daftar»ga kiritilgan. Mazkur ro‘yxatning shaffofligini ta’minlash maqsadida «Saxovat Argos» elektron tizimi shakllantirilgan. Ajratilgan moddiy yordam puli ana shu tizimga kiritilgan muhtoj oilalarga tarqatilgan.

Toshkent shahrida «Temir daftar»ga 20 841 ta oila kiritilgan. Lekin bu doimiy ro‘yxat emas. Albatta, u yangilanib turiladi. Bu borada tuman rahbarlariga tegishli topshiriq berilgan. Ayniqsa, hozir karantin cheklovlari kuchaytirilgan paytda ko‘pchilik ishidan ayrilib, mablag‘siz qoldi. Ular ham ro‘yxatga kiritiladigan bo‘lsa, O‘zbekiston «Saxovat va ko‘mak» fondi orqali yordam ko‘rsatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring