Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yana ikki nafar bemor vafot etdi

Toshkentda yana ikki nafar bemor vafot etdi

Foto: «Yandex»

SSV xabariga ko‘ra, Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashagan 43 yoshli R.A. (erkak) 27-iyul kuni og‘ir ahvolda Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasiga yotqizilgan.

Unga «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas va poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Bundan tashqari, bemor yurak ishemik kasalligi, barqaror stenokardiya kabi hamroh xastaliklar bilan ham og‘rigan.

Bemor o‘tkir nafas, yurak-qon tomir va poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan.

Yana bir poytaxtlik 57 yoshli R.K. (ayol)da 21-iyul kuni «COVID-19» tasdiqlangan va shifoxonaga yotqizilgan.

Bemorga «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligi, infeksion toksik shok asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, unda yurak ishemik kasalligi, barqaror zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh xastaliklar ham bo‘lgan.

Ayol o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi, infeksion toksik shokdan vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring