Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdagi omborxonadan 70 million so‘mlik shimlarni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Toshkentdagi omborxonadan 70 million so‘mlik shimlarni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Foto: «News.yandex.com»

25 yoshli Doniyor X. Toshkent shahar Chilonzor tumani ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilib, «Toshkent» savdo markazidagi omborxonadan mollar o‘g‘irlangani haqida xabar berdi.

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi («O‘g‘rilik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Tergov tadbirlari davomida aniqlanishicha, 11-yanvar kunidan 16-yanvarga qadar bo‘lgan davr oralig‘ida noma’lum shaxs kalit tanlash yo‘li bilan omborxonaga kirib, jami 71.200.000 so‘mlik erkaklar shimlarini o‘g‘irlab ketgan.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, gumonlanuvchi tez orada aniqlanib, muqaddam sudlangan 28 yoshli Ulug‘bek F. qo‘lga olindi. Tergov davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring