Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi xonadonlarning birida katta yong‘in bo‘ldi

Toshkentdagi xonadonlarning birida katta yong‘in bo‘ldi

Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1 dekabr kuni soat 22:18 da Shayxontohur tumani, Jarariq ko‘chasida joylashgan xonadonlardan birida yong‘in kelib chiqqan. 4 ta yong‘in qutqaruv texnikalari voqea joyiga soat 22:26 da etib borgan va 22:55 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida xonadonning taxminan 200–250 kvadrat metr maydoni zararlangan. Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra jabrlangan va halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring