Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdan Sankt-Peterburgga uchgan samolyot Qozonga shoshilinch qo‘ndirildi

Toshkentdan Sankt-Peterburgga uchgan samolyot Qozonga shoshilinch qo‘ndirildi

Toshkentdan Sankt-Peterburgga uchgan samolyot Qozonga shoshilinch qo‘ndirildi, deya xabar bermoqda «O‘zbekiston havo yo‘llari» matbuot xizmati. 

Sabab sifatida yo‘lovchilardan birining salomatligi yomonlashgani ko‘rsatilgan, havo kemasi eng yaqin bo‘lgan Qozon shahridagi ayeroportga qo‘ndirilgan.

Sankt-Peterburgga mahalliy vaqt bo‘yicha soat 13:40 da yetib borish ko‘zda tutilmoqda.

«Aviakompaniya tomonidan kechikish vaqtini qisqartirish uchun barcha choralar ko‘riladi. Noqulayliklar uchun uzr so‘rab, tushunishingizdan umidvormiz» deyiladi matbuot xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring