Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning qoq markazida 300 ta daraxt «o‘limini kutyapti»(mi?)

Toshkentning qoq markazida 300 ta daraxt «o‘limini kutyapti»(mi?)

Prezidentning 2017-yil 17-noyabrdagi tegishli qarori bilan Toshkent shahar Shayxontohur tumani Olmazor ko‘chasidagi O‘zbekiston davlat konservatoriyasi ma’muriy binosi va «Paxtakor» stadioni o‘rtasida Maqom markazi qurilyapti. Ekologuz kanali bergan ma’lumotga ko‘ra, hududdagi daraxtlarning kamida 300 tasiga «kesilib yo‘q bo‘lish» xavf solmoqda. 

108,8 mlrd so‘m evaziga bunyod etiladigan Maqom markazi hududi jami 2,4 gektarni, ayni paytdagi qurilish maydoni esa yarim gektardan ko‘proqni tashkil qiladi. Qurilishning 2023-yil avgustida tugallanishi rejalashtirilgan.Mazkur hududda 2021-yil 30-sentyabr kuni Ekologiya qo‘mitasi xodimlari o‘rganish olib borganida jami 483 ta daraxt borligini, shundan 58 tasi (o‘sha paytda, -tahr.) quriganligi aniqlangan edi.

O‘tkazilgan reyd davomida yetkazilgan zarar miqdorlari ham baholangan va unga ko‘ra, 58 ta daraxtga zarar yetkazilgan zarar uchun salkam 243 million so‘m hisoblangan.

Ammo Qo‘mita shu kunga qadar quruvchi tashkilotlardan yuqorida hisoblangan jarimalar undirilgani yoki yo‘qligi haqida biror ma’lumot bermagan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring