Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Brexit fanati» ekan

«Brexit fanati» ekan

Foto: «EADaily»

AQSh prezidenti Donald Tramp Britaniyadagi saylovlarni «chigallashtirish» niyati yo‘qligini, biroq Brexit hamda bosh vazir Boris Jonson tarafida ekanini ta’kidladi.

O‘z navbatida, britan muxolifati Trampni siyosiy jarayon — mamlakatda 12-dekabrda o‘tkaziladigan umummilliy saylovlarga ta’sir o‘tkazishga urinishda aybladi.

«Vaziyatni murakkablashtirishni xohlamayman. Ko‘p insonlar uchun ko‘p saylovlarni yutganman. Bu saylovlarga aralashmayman. Brexitning ashaddiy tarafdoriman, bunga chorlaganman ham. Men bir chetda kuzataman, xolos, biroq Boris juda layoqatli, o‘ylashimcha, u buni uddalaydi», — dedi Tramp NATO mamlakatlari yetakchilari sammiti oldidan Londonda qilgan chiqishida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring