Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp kompaniyasi Palm-Bichdagi qasrni 49 million dollarga sotuvga qo‘ydi (foto)

Tramp kompaniyasi Palm-Bichdagi qasrni 49 million dollarga sotuvga qo‘ydi (foto)

Foto: «New York Post»

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp va uning oilasi nomiga ro‘yxatdan o‘tgan kompaniya Palm-Bichdagi okean bo‘yidagi qasrni 49 million dollarga sotadi, deya xabar berdi «New York Post».

Ta’kidlanishicha, uyning yangi egasi Tramp golf-klubi to‘liq a’zoligini oladi. Xuddi shunday imtiyozga Vudbrij-roudning barcha aholisi egalik qiladi.

Qarorgoh sobiq davlat rahbarining afsonaviy mulki The Mar-A-Lago Club yonida joylashgan bo‘lib, hozirda Tramp o‘sha yerda istiqomat qilmoqda. Ta’kidlanishicha, binoning maydoni 10455 kvadrat futni (971 kvadrat metr) tashkil etadi, sakkizta yotoq xonasi, to‘qqizta hammom va okeanga qaragan panoramali ayvon mavjud.

Qasr 1956-yilda qurilgan, ammo unda bir necha marta qurilish ishlari olib borilgan. Trampning kompaniyasi binoni 2018-yilda uning singlisi Marianna Tramp Barridan sotib olgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring