Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp: «Xitoy koronavirus sabab kamida 10 trln. dollar tovon to‘lashi kerak»

Tramp: «Xitoy koronavirus sabab kamida 10 trln. dollar tovon to‘lashi kerak»

AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp Xitoy koronavirus pandemiyasi sabab boshqa mamlakatlarga kamida 10 trillion dollar tovon to‘lashga majbur deya hisoblaydi. Tramp bu haqda Shimoliy Karolinada bo‘lib o‘tgan respublikachilar anjumani paytida aytib o‘tdi.

«Amerika va butun dunyo Xitoy Kommunistik partiyasidan tovon puli va hisobdorligini talab qiladigan vaqt keldi. Biz bir ovozdan Xitoy zararlar uchun pul to‘lashi kerakligini e’lon qilishimiz kerak», - dedi Tramp.

Amerika Qo‘shma Shtatlarining sobiq rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Xitoyda ishlab chiqarilgan barcha tovarlarga iloji boricha tezroq 100 foiz  bojlarni joriy qilish kerak.

Tramp o‘z prezidentligi davrida ham Xitoyn koronavirus kelib chiqishida ayblab kelgandi. O‘z navbatida rasmiy Pekin buni rad etib keladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring